O‘zbekiston ilk marta Xalqaro mehnat tashkiloti Maʼmuriy Kengashi aʼzoligiga saylandi
Bu O‘zbekistonning global mehnat siyosatida faol ishtirok etishiga yangi imkoniyatlarni ochadi.

Jeneva shahrida davom etayotgan Xalqaro mehnat konferensiyasining 112-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan Xalqaro mehnat tashkiloti Maʼmuriy Kengashi aʼzoligiga saylovlarda Yevropa hududidan eng ko‘p ovoz to‘plab O‘zbekiston tarixda ilk marotaba Kengash aʼzoligiga saylandi.
Bu o‘z o‘rnida O‘zbekistonning global mehnat siyosatida faol ishtirok etishiga, Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarda, mehnat munosabatlari tizimini takomillashtirish yuzasidan yangi taklif va g‘oyalarning ishlab chiqilishida bevosita O‘zbekistoning ham faol ishtirok etishiga yangi imkoniyatlarni ochadi.







