O'zbekiston

Prezident IIVning Muvofiqlashtirish va monitoring qilish markaziga bordi

Shu yerda ichki ishlar tizimida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnika va anjomlar namoyish qilindi.

Prezident IIVning Muvofiqlashtirish va monitoring qilish markaziga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 iyun kuni Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Muvofiqlashtirish va monitoring qilish markazini borib ko‘rdi.

 

Bu markaz O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish strategiyasi doirasida tashkil etilgan. Majmua mukammal taʼmirlanib va zamonaviy jihozlanib, shu yil martda ishga tushirilgan.

 

Markaz jamoat xavfsizligi jarayonlarini qamrab olgan yagona axborot makonidir. Bu yerda joylardagi vaziyat va xodimlarning ish-harakati raqamli texnologiyalar orqali tahlil qilib boriladi. Xususan, 10 mingdan ortiq profilaktika inspektorlarining faoliyati 6 ta yo‘nalish bo‘yicha nazorat qilinadi va baholanadi.

 

Bunda “Ye-Jamoat xavfsizligi”, “Ye-Ijtimoiy vaziyat” kabi dasturlar, yo‘l harakati xavfsizligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat tartibini saqlash xizmatlarining yagona axborot tizimlari hamda 6 mingdan ziyod “aqlli” kuzatuv kameralari integratsiyasi qo‘l kelmoqda. Shuningdek, markazda videoaloqa orqali profilaktika inspektorlari, yo‘l patrul, post patrul va probatsiya xodimlari uchun masofaviy o‘quvlar o‘tkaziladi. Ommaviy tadbirlarni modellashtirish orqali nostandart vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish va tezkor choralar ko‘rish o‘rgatiladi.

 

Davlatimiz rahbari bu masalaga alohida eʼtibor qaratib, soha xodimlari yuqori texnologiyalarni yaxshi bilishi lozimligini taʼkidladi. 

 

Bugungi kunda barcha sohalarda sunʼiy intellektning o‘rni kengayib bormoqda. Insonlarga qulaylik yaratadigan dasturlar bilan birga kiberjinoyatchilik, firibgarlik usullari ham ko‘paymoqda. Bunday jinoyatlarning oldini olish, aniqlash va fosh etish uchun ichki ishlar xodimi undan-da ilg‘or, ziyrak bo‘lishi kerak.

 

Shu bois markazdagi uchrashuvga huquq-tartibot idoralari huzuridagi oliy o‘quv yurtlari rektorlari taklif etildi. Ulardagi o‘quv dasturlarini shu nuqtai nazardan takomillashtirish, dual taʼlim tizimini joriy etish, darslar va ilmiy ishlarning hayot bilan hamnafasligini taʼminlash zarurligi taʼkidlandi.

 

Ichki ishlar vazirligida uchuvchisiz qurilmalarni qo‘llash bo‘yicha tuzilma tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Jinoyatchilik profilaktikasini kuchaytirish, ommaviy tadbirlar xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan jamoat xavfsizligi bo‘yicha strategiyada 2025 yil yakuniga qadar tizimni raqamlashtirishni 90 foizga yetkazish belgilangan. Tashrif chog‘ida davlatimiz rahbariga shu borada axborot berildi.

 

Bu jarayon uch bosqichda amalga oshirilmoqda.

 

Birinchi bosqichda muammolar o‘rganilib, ikkinchisida shu asosida mutaxassislar va dasturlar tayyorlandi. Jumladan, 66 ta axborot tizimi va modullari ishlab chiqildi.Ularga vazirlik va idoralarning 77 ta hamda Ichki ishlar vazirligining 25 ta axborot tizimi integratsiya qilindi. Jamoat xavfsizligi bo‘linmalari xodimlari 18 mingdan ziyod planshetlar bilan taʼminlandi hamda raqamli qurilmalardan samarali foydalanish bo‘yicha o‘qitildi.

 

Natijada 155 ta hisobot, 37 ta ish yuritish sohasi, yuzga yaqin qaydnoma va yig‘ma materiallar raqamlashtirilgan. Buning hisobiga 213 milliard so‘m tejalishiga erishilgan.

 

Endi, uchinchi bosqichda Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi tashkil etib, sohaga sunʼiy intellektni keng joriy qilish, uskunalarni mahalliylashtirish kabi maqsadlar qo‘yilgan.

 

Shu yerda ichki ishlar tizimida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnika va anjomlar namoyish qilindi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident IIVning Muvofiqlashtirish va monitoring qilish markaziga bordi | Zamon.uz