Prezident Toshkentning ikkita tumaniga tashrif buyuradi
Davlat rahbari bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi.

Bugun, 7-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Yakkasaroy va Yashnobod tumanlariga tashrif buyuradi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, prezident jamoat xavfsizligi va sport sohalaridagi yangi obyektlar hamda mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi.







