O'zbekiston

Qarshida soliq inspeksiyasi xodimi pora bilan ushlandi

Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Qarshida soliq inspeksiyasi xodimi pora bilan ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi tuman soliq inspeksiyasining sayyor soliq tekshiruvlari shoʻbasi bosh inspektori mahalliy 5 ta MCHJ faoliyati yuzasidan joriy yilning sentyabr oyiga qadar kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazmaslik evaziga 2300 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Shuningdek, u ushbu pul mablag‘ini viloyat soliq boshqarmasining kameral soliq tekshiruvlari shoʻbasi bosh inspektoriga berishi kerakligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi hamda mazkur mansabdor shaxs ham 2300 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

 

Buxoro viloyati G‘ijduvon tuman soliq inspeksiyasi katta inspektori o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, tuman markazidagi “Ho‘jai jahon” savdo kompleksi hududida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorni joriy yilning oxiriga qadar aylanma soliq to‘lovchisi toifasidan, har oyda 2 mln 424 ming so‘m to‘laydigan qatʼiy turdagi soliq to‘lovchisi toifasiga o‘tkazmaslik, kelgusida soliq idoralari tomonidan bo‘ladigan tekshiruvlardan himoya etish hamda uning faoliyatiga rahnamolik qilish evaziga 8 mln so‘m olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi.

 

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan umumiy ovqatlanish maskanida 6 oy mobaynida soliq tekshiruvlari o‘tkazmaslik, aksincha, uning faoliyatiga rahnamolik qilish evaziga 600 AQSH dollari olgan vaqtida mazkur tuman soliq inspeksiyasining bosh inspektori Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu noqonuniy ishga tuman soliq inspeksiyasining shoʻba boshlig‘ining aloqador ekanligi aniqlanib, u ham protsessual tartibda ushlandi.

 

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi MCHJ faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan soliq auditi tekshiruvi natijasida aniqlangan 267 mln. 300 ming so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘i va 664 mln. 700 ming so‘m sof foyda solig‘ini mansabdor tanishlari orqali kamaytirib berish evaziga 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida mazkur tuman soliq inspeksiyasining kameral nazorat shoʻbasining sobiq boshlig‘i ushlandi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qarshida soliq inspeksiyasi xodimi pora bilan ushlandi | Zamon.uz