Toshkentda taksi haydovchisi yo‘lovchiga shilqimlik qildi
Hozirda unga nisbatan qamoq jazosi tayinlangan.

Maʼlum bo‘lishicha, 22 may kuni soat 08:30 larda, D.B. o‘zining boshqaruvidagi Tracker‘da taksi xizmatini ko‘rsatib kelib, ayol mijoz M.A.ning chaqiruviga asosan uning oldiga borgan.
D.B. mijoz M.A.ni Toshkent shahar Yashnobod tumanidan Sirg‘ali tumanidagi ish joyiga olib ketayotganida, yo‘lda harakatlanish jarayonida M.A.ga qarab, o‘zini jinsiy aʼzosiga bir necha bor teginib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, haqoratomuz shilqimlik qilgan.







