Chirchiqdagi tibbiyot markazida bosh shifokor o‘rinbosari xodimini behayo so‘zlar bilan haqoratladi
Holat yuzasidan SSV rasmiy munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Nizom Abdullayev deontologiya va tibbiy etika qoidalariga zid ravishda tibbiyot xodimini kurakdan turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilayotgani aytilgan videolavha tarqaldi.
Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu voqea joriy yilning 7-iyun kuni Chirchiq shahrida joylashgan Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining ertalabki hisobot yig‘ilishi vaqtida kuzatilgan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, holat atroflicha o‘rganilmoqda.
Uning natijalari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot taqdim etilishi bildirilgan.







