Jizzaxdagi parkda bola attraksiondan yiqilib tushdi
Holat bo‘yicha viloyat FVB maʼlumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqda Jizzax shahridagi O‘rda istirohat bog‘ida nomaʼlum shaxs harakatdagi attraksiondan yiqilib tushgani aks etgan video tarqaldi.
Qayd etilishicha, joriy yil 1 iyun kuni soat 20:00 atrofida Paxtakor tumanida yashovchi 2007 yilda tug‘ilgan M.O‘. oila aʼzolari bilan birgalikda Jizzax shahrida joylashgan O‘rda ekologik istirohat bog‘iga aylanish uchun borgan.
Voyaga yetmagan shaxs attraksionda uchish vaqtida operatorlarning ogohlantirishlariga qaramasdan, o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida attraksion to‘liq to‘xtamasdan himoya kamarini yechib yuborib, yiqilgan.
Bola attraksiondan yiqilishi natijasida hech qanday tan jarohati olmagan va mazkur holat sodir bo‘lgan vaqtda attraksionda nosozliklar bo‘lmagan.







