Qizlarni fohishalikka Turkiyaga jo‘natayotgan ayol ushlandi
Hozirda unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Toshkent viloyatida odam savdosi bilan bog‘liq navbatdagi holatga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Bo‘stonliq tumanida yashovchi 42 yoshli ayol 22-43 yosh orasidagi to‘rt nafar ayolni mo‘may daromad topadigan ish topib berishni vaʼda qilib, fohishalik bilan shug‘ullantirish maqsadida Toshkent—Istanbul aviareysi orqali Turkiya davlatiga jo‘natayotgan vaqtida viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan ushlab qolindi.
Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.







