Xorazmda 11 yoshli bolani devor bosib qoldi
U qurilishi tugallanmagan bino atrofida o‘ynab yurgan bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqda Xorazm viloyatining Xiva shahrida 11 yoshli bolani devor bosib qolgani aytilgan xabarlar tarqalgandi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 29-may kuni Xiva shahar Gulshan-2 mahallasida yashovchi voyaga yetmagan Sh.K. qurilishi tugallanmagan bino tagida o‘ynab yurgan vaqti ushbu binoning bir tomon devori uning ustiga yiqilib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Xiva shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Hozirda Sh.K. tos suyagi sinishi tashxisi bilan tibbiyot birlashmasida davolanmoqda.







