O'zbekiston

Xorazmda inspektor kaltaklandi

U huquqbuzarlikni bartaraf qilishga uringanda qarshilikka uchragan.

Xorazmda inspektor kaltaklandi

Xorazm milliy tabiat bog‘i inspektori Amurbek O‘rinov xizmat vaqtida kaltaklandi.

 

Ekologiya vazirligi xabariga ko‘ra, hududda 2024 yil bahorida ekilgan 3000 tup gujum ko‘chatlari nobud bo‘lish holatiga kelib qolgan. Bunga milliy tabiat bog‘iga tutash hududda “Amudaryo oltin baliq” f/x tomonidan ajratilgan yer maydonidan tashqariga chiqib, gujum ko‘chatlari ekilgan joyga sholi ekish maqsadida maydon chetidagi katta himoya chegaralari buzib tashlangani va suv ochib yuborilgani sabab bo‘lgan.

 

Oqibatda gujum ko‘chatlari bir necha kundan buyon suv ostida qolib ketgan. Xorazm milliy tabiat bog‘i maʼmuriyati tomonidan fermer xo‘jaligiga 1 kun muddatda suv chiqarib yuborilmasa, 3000 dan ziyod ko‘chat nobud bo‘lishi va maʼmuriy javobgarlikka tortilishi yuzasidan ogohlantirish xati berilgan.

 

Ammo fermer xo‘jaligi rahbari A.O‘. ogohlantirishga parvo qilmasdan, 4 iyun kuni kechqurun soat tungi 00:00 lar atrofida bog‘ hududiga suv ochish maqsadida kirgan. Shu paytda uni inspektor payqab qolgan va huquqbuzarlikni bartaraf qilishga uringan. Lekin mast holatda bo‘lgan A.O‘. inspektorga qarshilik ko‘rsatgan va uni do‘pposlab, tan jarohati yetkazgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Xorazmda inspektor kaltaklandi | Zamon.uz