KXDR Janubiy Koreyaga chiqindi sharlar uchirishda davom etmoqda
Hozirgacha bunday sharlarning soni mingdan oshdi.

Koreya Respublikasi hukumati fuqarolarni qulagan narsalarga tegmaslikka va topilgan sharlar haqida harbiy yoki politsiyaga xabar berishga chaqirdi.
Shimoliy Koreya may oyining oxiridan beri janubga chiqindi sharlarini uchirmoqda va hozirgacha bunday sharlarning soni mingdan oshgan.
Pxenyan buni Seulning Shimoliy Koreyaga Kim Chen In rejimini tanqid qiluvchi varaqalarnining yubirilishiga javob deb hisoblashini bildirgan.







