Mahmud Murodov Oktagon MMA promousheniga qaytdi
Sal avval u UFC bilan shartnomasini bekor qilgandi.

May oyi boshida O‘zbekistonlik aralash kurash jangchisi UFC bilan shartnomasini bekor qilgani maʼlum bo‘lgandi.
Murodov UFC ʼga o‘tishidan avval aynan Oktagon MMAʼda jang qilgan.
Sportchi professional faoliyati davomida 34 ta jang o‘tkazgan. Uning hisobida 26 ta g‘alaba va 8 ta mag‘lubiyat bor.







