Olmaliqda ayollar guruh bo‘lib janjallashdi
Holat yuzasidan IIBB rasmiy munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida ayollar guruh bo‘lib janjallashgani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIBB rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur holatda lo‘li elatiga mansub bir nechta ayollar o‘zaro tortishib janjallashgan.
Janjal shu vaqtning o‘zida hududiy profilaktika inspektori va mahalla xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.
Voqea yuzasidan sodir etilgan huquqbuzarlikka oid ish hujjatlari to‘planib sudga taqdim etilmoqda.







