Qirg‘izistonda Qurbon hayiti sanasi eʼlon qilindi
Bu haqda Musulmonlar diniy boshqarmasi maʼlumot berdi.

Bu yil Qirg‘izistonda Qurbon hayit 16-iyun kuni nishonlanadi. Bu haqda Musulmonlar diniy boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib, 24.kg xabar bermoqda.
“Zulhijja oyining birinchi kuni 7-iyun kuni boshlanishi munosabati bilan Arafa bayrami 15-iyun kuni nishonlanadi, ertasi yakshanba kuni esa Qurbon hayit bo‘ladi”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda Qurbon hayiti 17-iyun, dushanba kuniga belgilangani xabar qilingandi.







