Toshkent viloyatida 14 yoshli bola kanalga cho‘kib ketdi
Holat yuzasidan tekshiruv harakatlari boshlangan.

Maʼlum qilinishicha, 2024 yil 6 iyun kuni 16:30 larda Bekobod tumanidan oqib o‘tuvchi “Do‘stlik” kanalida Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida yashovchi 2010 yilda tug‘ilgan C.T. cho‘kib vafot etgan.
Olib borilgan qidiruv-qutqaruv tadbirlari davomida voyaga yetmagan S.T. murdasi kanalning 150 metr uzoqlikdagi qismidan cho‘kish alomatlari bilan topilgan.







