Jizzaxda 50 ta mashina shinasi yonib ketdi
Holat bo‘yicha FVB maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, holat bugun, 10 iyun kuni soat 12:20 da Jizzax shahar “Ulug‘bek” MFYda yuz bergan. Shu mahallada joylashgan MCHJ hududidagi ochiq maydondagi yaroqsiz holga kelgan taxminan 50 dona avtomobil shinalari yongan.
Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:27 da yetib borib, soat 12:31 da qurshab olingan va soat 12:49 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.







