Kimlar OTMga kirish test sinovi uchun pul to‘lamaydi?
Bu bo‘yicha toifalar eʼlon qilindi.

2024-2025 o‘quv yilida OTMlarga kirish test sinovida ishtirok etish uchun to‘lov miqdori 170 000 so‘m (0,5 BHM)ni tashkil qilmoqda.
Quyidagi toifadagi abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi:
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar;
— “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
— Nogironligi bo‘lgan shaxslar;
— To‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— Joriy yil bitiruvchilari;
— Imtihonlarsiz talabalikka tavsiya etiladigan abituriyentlar.







