O'zbekiston

O‘zbekistonlik ekologiya sohasidagi olimlar jahon miqyosida eʼtirof etilmoqda

Ekologiya vazirligi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori, texnika fanlari doktori Baxtiyor Po‘latov Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining (IUCN) iqlim inqirozi bo‘yicha komissiyasiga aʼzo bo‘ldi.

O‘zbekistonlik ekologiya sohasidagi olimlar jahon miqyosida eʼtirof etilmoqda

O‘zbekistonning komissiyaga aʼzoligi xalqaro tashkilotlar va ilmiy ekspertlardan olingan eng yaxshi ilmiy maʼlumotlar va xulosalar asosida samarali, adolatli va ekologik toza yechimlarni ilgari surish imkonini beradi.

 

IUCN Iqlim inqirozi bo‘yicha komissiyasiga aʼzo bo‘lish orqali O‘zbekiston ekologik va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha global kun tartibini shakllantiradigan milliy tashabbuslarni xalqaro maydonda targ‘ib qilishi mumkin.

 

Maʼlumot uchun, O‘zbekiston 2021 yilda Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqiga aʼzo bo‘ldi. IUCN dunyodagi eng birinchi va eng yirik tabiatni muhofaza qilish tashkiloti bo‘lib, hukumat va fuqarolik jamiyati tashkilotlaridan iborat. U Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida kuzatuvchi maqomiga ega va butun dunyo bo‘ylab 1400 dan ortiq aʼzo tashkilotlar va 16 000 dan ortiq ekspertlarning tajribasi, resurslari va imkoniyatlaridan foydalanadi.

 

So‘nggi yillarda O‘zbekiston IUCN bilan hamkorlikni faol oshirmoqda: avvalroq, joriy yilning fevral oyida yurtimizdagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida (“Green University”) Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining vakolatxonasi ochilgan edi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonlik ekologiya sohasidagi olimlar jahon miqyosida eʼtirof etilmoqda | Zamon.uz