Pavel Durov O‘zbekistonda kelishi kutilmoqda
U yozni Markaziy Osiyoda o‘tkazmoqchi.

Telegram asoschisi Pavel Durov joriy yil yozda Markaziy Osiyoga tashrif buyurmoqchi. Bu haqda u o‘zining rasmiy kanalida maʼlum qildi.
“Do‘stlarim Fransiyaning janubi kabi zamonaviy joylarga bormoqda. Fransiya fuqarosi sifatida bu davlatni dam olish uchun eng yaxshi joy ekaniga qo‘shilaman. Biroq men Telegram bosh direktori sifatida taʼtilga chiqmayman.
Bu yozda men Markaziy Osiyoda hayot qandayligini ko‘rish, odamlar Telegramʼdan qanday foydalanishi va ularning raqamli ehtiyojlarini o‘rganishga qaror qildim”, deb yozgan u.







