O'zbekiston

Prezident huzurida Turkiya va Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik rejalari ko‘rib chiqildi

Loyihalar doirasida joriy yilda jami 2,5 milliard dollar mablag‘ni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

Prezident huzurida Turkiya va Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik rejalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida Turkiya Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha kelgusi rejalar ko‘rib chiqildi.

 

Davlat rahbari o‘tgan hafta Turkiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida ko‘plab kelishuvlarga erishildi.

 

Jumladan, O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi va ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha 10,1 milliard dollarga teng 158 ta yangi loyiha shakllantirilgan. Ushbu loyihalar sanoat, energetika, tog‘-kon va geologiya, transport, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohalarini qamrab olgan.

 

Yig‘ilishda savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish borasida ko‘riladigan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berildi.

 

Xususan, ikki mamlakat o‘rtasidagi Imtiyozli savdo bitimi doirasida mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish, to‘qimachilik, charm-poyabzal, elektrotexnika, hunarmandchilik mahsulotlariga tarif va boj stavkalarini kamaytirish, Istanbul shahrida O‘zbekistonning savdo vakolatxonasini ochish rejalashtirilgan.

 

Turkiya tajribasi asosida tog‘-adirlarni o‘zlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish hamda qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash tizimini joriy qilish, xalqaro standartlarga mos o‘zbek-turk Urug‘chilik test markazini ochish mo‘ljallangan.

 

Prezident Turkiyaning yirik kompaniyalari bilan istiqbolli loyihalar portfelini shakllantirish, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.

 

Saudiya Arabistoni bilan ham investitsiyaviy hamkorlik jadal rivojlanib bormoqda, qator yirik loyihalarni amalga oshirish boshlangan, sarmoyalar portfeli tobora kengayib bormoqda. Podshohlik kompaniyalari ishtirokida umumiy qiymati 24,1 milliard dollarlik 34 ta investitsiya loyihasi ro‘yxati shakllantirilgan.

 

Mazkur loyihalar doirasida joriy yilda jami 2,5 milliard dollar mablag‘ni o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Shu jumladan, yil yakuniga qadar transport, raqamlashtirish, infratuzilma, sog‘liqni saqlash, energetika sohalarida qo‘shimcha 13 ta loyihalar doirasida 1,5 milliard dollar investitsiya o‘zlashtirilishi kutilmoqda.

 

Yig‘ilishda O‘zbekiston-Saudiya Ishbilarmonlar kengashi ishini yana-da faollashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Kengash doirasida shakllantirilgan ekologiya, tog‘-kon, moliyaviy hamkorlik sohalarida qiymati 6,5 milliard dollarlik yangi istiqbolli loyihalar yuzasidan muzokaralarni yakuniga yetkazish va amaliy ishlarni boshlash muhimligi qayd etildi.

 

Prezident hisobot va rejalar bilan tanishib, mutasaddilarga xorijiy investitsiyalarni to‘liq va sifatli o‘zlashtirish choralarini ko‘rish, loyihalarning amalga oshirilishi ustidan qatʼiy nazorat o‘rnatishni topshirdi.

 

Investorlar bilan doimiy muloqot qilib, ular uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratish, loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni tizimli hal etib borish vazifasi qo‘yildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Prezident huzurida Turkiya va Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik rejalari ko‘rib chiqildi | Zamon.uz