O'zbekiston

Samarqandda mast erkak oshxona mijozini pichoqlab qo‘ydi

U oshxona mijozlariga tegajog‘lik qilib, ularning tinchini buzgan.

Samarqandda mast erkak oshxona mijozini pichoqlab qo‘ydi

Samarqandda mast erkak oshxona mijoziga og‘ir tan jarohati yetkazgani uchun ozodlikdan mahrum qilindi.

 

Maʼlum qilinishicha, sudlanuvchi Q.M. Payariq tumanida joylashgan “Billur” nomli oshxonada mast holatda oshxona mijozlariga tegajog‘lik qilib, ularni tinchini buzgan. Shu sababli,oshxonadagi mijoz X.F ayblanuvchiga ularga xalaqit qilmasdan, uyiga ketishini aytgan. Q.M. bundan g‘azablanib, yon cho‘ntagida bo‘lgan pichoq bilan uning ko‘krak sohasi chap tomoniga bir marotaba qasddan urgan. X.F. esa holat joyidan qochishga harakat qilgan. Q.M. ikkinchi marotaba ham tan jarohati yetkazish uchun uni izidan taʼqib qilgan vaqtda oshxonadagi boshqa fuqarolar uni to‘xtatib qolgan.

 

X.F. olgan og‘ir tan jarohati bilan Payariq tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Sud tibbiyot ekspertizasining xulosasida, X.F.ning ko‘krak qafasi chap tomoni old yuzasida ko‘krak qafasi plevra bo‘shlig‘iga teshib o‘tuvchi, sanchilib, kesilgan yarasi kabi tan jarohati mavjudligi ko‘rsatilgan.

 

Sudda ayblanuvchi Q.M. aybiga iqror bo‘ldi. U Qozog‘istonga borib ishlab kelganini, qaytib kelgan kuni ayoli bilan janjallashib qolib, ko‘chaga chiqib ketganini va qishloq atrofida qadrdon do‘stini ko‘rib, u bilan birga oshxonaga borganini aytdi. Maʼlumotlarga ko‘ra, Q.M hamma pulini sarflab yuborgandan so‘ng, oshxona xizmatchisidan qarzga aroq so‘ragan. Ishchi unga rad javob bergani uchun, uning jahli chiqib shovqin ko‘targan. Undan keyingi holatlarni Q.M. qattiq mast bo‘lgani sababli eslay olmagan. U X.F.ning yurak sohasiga pichoq urgach, qishloq tomonga qochib ketgan va uyiga ertalabki soat 03:00 larda qaytib kelgan.

 

Sud xulosasiga ko‘ra, Q.M. Jinoyat kodeksining 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) va 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan aybli deb topilgan. Unga Jinoyat Kodeksining 57-moddasi (Yengilroq jazo tayinlash) qo‘llanib, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Samarqandda mast erkak oshxona mijozini pichoqlab qo‘ydi | Zamon.uz