Surxondaryoda ketma-ket ikkinchi kun zilzila kuzatildi
Bu haqida FVV Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.

11 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 09:13 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 37,76 gradus shimoliy kenglik; 68,15 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik 25 kilometr. Zilzila epitsentri Toshkentdan 400 kilometr janubi-g‘arbda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
-
Sho‘rchi tumanida 2-3 ball,
-
Uzun tumanida 2 ball,
-
Qumqo‘rg‘on tumanida 2 ball,
-
Oltinsoy tumanida 2 ball,
-
Jarqo‘rg‘on tumanida 2 ball,
-
Denov tumanida 2 ball,
-
Bandixon tumanida 2 ball.
Tojikistonda 10 iyun kuni ham sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryo viloyatining qator hududlarida sezilgandi.







