O'zbekiston

Toshkentda fuqaroning mashinasi va uyidan salkam 292 gr marixuana topildi

Bu haqida Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Toshkentda fuqaroning mashinasi va uyidan salkam 292 gr marixuana topildi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining navbatdagi noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

 

Poytaxtimizning Shayhontohur tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida oldindan tezkor kuzatuvga olingan 2 nafar shaxslar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ulardan biriga tegishli “Spark” avtomashinasining old o‘rindig‘idagi paketda Markaziy bojxona laboratoriyasi xulosasiga ko‘ra 215.56 gr. marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

 

Shuningdek, ushbu shaxsning mazkur tumanda istiqomat qilayotgan xonadoni ko‘zdan kechirilganida, bu yerda ham ekspertiza xulosasiga ko‘ra 76,2 gr. og‘irlikdagi marixuana giyohvandlik vositasi saqlanayotgani fosh bo‘ldi.

 

Shunday qilib, tezkor tadbirda jami 291,76 gr. marixuana giyohvandlik vositasi protsessual tartibda rasmiylashtirilib olindi.

Holat yuzasidan Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Eslatib o‘tamiz, poytaxt bojxonachilari joriy yilning dastlabki 5 oyi davomida aniqlangan 19 ta holatda 5,1 kg.dan ziyod og‘irlikdagi giyohvandlik vositalari hamda 3 ta holatda 1645 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yishgan.

custom img

Agrar sohada moliyaviy qo‘llab-quvvatlash: ayrim yo‘nalishlarga subsidiyalar beriladi

Paxta yetishtirish, paxta-to‘qimachilik klasterlari, yem-xashak ekinlari va sovitilgan go‘sht importini qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar ajratiladi.

custom img

Kommunal xo‘jaligi xodimlari uchun: O‘zbekistonda yangi faxriy unvon ta’sis etildi

Uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shgan va aholiga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlar taqdirlanadi.

custom img

Toshkent xalqaro metrologiya maktabiga mezbonlik qilmoqda

BIPM–COOMET UTC SUMMER SCHOOL xalqaro yozgi maktabi o‘z ishini boshladi.

custom img

Global innovatsiya indeksi: O‘zbekiston 139 ta davlat orasida 77-o‘rinni egalladi

Mamlakat o‘tgan yilgi natijasiga nisbatan ikki pog‘ona yuqorilagan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Eron Prezidentlari mintaqaviy kun tartibi hamda bo‘lajak tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashdi.

custom img

Botanika bog‘idagi daraxtlar kesilyaptimi? Fanlar akademiyasi izoh berdi

Toshkent Botanika bog‘idagi daraxt kesish va qazish ishlari haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

custom img

4 yilda 445 ta ish: 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni zo‘rlash holatlari bo‘yicha statistika e’lon qilindi

Parlamentda bolalarni himoya qilish va jazolarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

22 nafar o‘quvchi zaharlandi: maktab yonidagi paxta dalasiga dori sepilgan

G‘uzorda paxta dalasiga erta yetilishni taʼminlash maqsadida dori sepilgani ortidan o‘quvchilarda ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘i kuzatilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"