Toshkentda tunda kuchli chaqnash kuzatildi
Holat bo‘yicha rasmiy maʼlumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yunusobod tumanida yuqori kuchlanishli simyog‘ochda qisqa tutashuv sodir bo‘lganligi haqida murojaat eʼlon qilindi. “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ holat bo‘yicha maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 10-iyun kuni kech soat 23:59 da Yunusobod tumani hududida joylashgan podstansiya “Aksa”dan podstansiya “Sokin”gacha uzunligi 13 kmga yaqin bo‘lgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo tarmogidagi eski simlar yangi zamonaviy rusumdagi havo tarmog‘iga almashtirish ishlari olib borilgan.
Tunda taʼmirlash ishlari yakunlangach, havo tarmog‘iga kuchlanish berilganda, hududdagi 25-ustun (opora)dagi eski farfor chig‘anoq muddati o‘tganligi bois yuqori kuchlanishda singan.
Ayni vaqtda, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” MCHJning Yuqori kuchlanishli tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish xizmati tomonidan yuqori kuchlanishli ustunlardagi farfor chig‘anoqlar yangi shisha chig‘anoqlarga almashtirilmoqda.







