Hayit namozi o‘qiladigan vaqtlar eʼlon qilindi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

O‘zbekistonda jome masjidlarda 2024-yil 16-iyun yakshanba kuni Qurbon hayiti namozi o‘qiladi. Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda ertalab soat 05:10 da Qurbon hayiti namozi o‘qiladi.
Respublikaning boshqa hududlarida esa Qurbon hayiti namozi jome masjidlarda quyidagi vaqtlarda ado etiladi:
Andijon — 05:00
Namangan — 05:00
Farg‘ona — 05:00
Toshkent sh. — 05:10
Toshkent v. — 05:15
Sirdaryo — 05:15
Jizzax — 05:15
Samarqand — 05:20
Surxondaryo — 05:20
Qashqadaryo — 05:25
Navoiy — 05:25
Buxoro — 05:30
Xorazm — 05:45
Qoraqalpog‘iston Res. — 05:50







