O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
FVV ogohlantirish bilan chiqdi.

O‘zbekistonda 12-13 iyun kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, 2024 yilning 12-13 iyun kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
-
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
-
Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
-
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
“Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, Farg‘ona vodiysi hududlari bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.







