Temiryo‘l chipta narxlari oshirilmoqda
Yangi narxlar iyul oyidan amalda bo‘ladi.

Yo‘lovchi poyezdlarda qo‘shimcha servis xizmatlarini joriy etish, ularni yana-da rivojlantirish, yo‘lovchi vagon parklarini yangilash, modernizatsiya qilish, yangi elektropoyezdlarni xarid qilish, vokzallarni zamon talablariga moslashtirishni hisobga olgan holda chiptalar narxiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2024-yilning 1-iyul sanasidan mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlar — “Nasaf”, “Sharq”, “O‘zbekiston” poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 25 foizga oshirilishini maʼlum qildi.







