O'zbekiston

Toshkentda “Ozarbayjon madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda

Tadbirlar 14-iyunga qadar davom etadi.

Toshkentda “Ozarbayjon madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda

Avvalroq 10-14 iyun kunlari O‘zbekistonda “Ozarbayjon madaniyati kunlari” doirasida tadbirlar o‘tkazilishi xabar qilingandi.

 

10-iyun kuni Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi delegatsiyasi, 11-iyun kuni esa Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri A.Kerimli Toshkent shahriga yetib keldi.

 

11-iyun kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Ozarbayjon va O‘zbekiston ziyolilari uchrashuvi hamda “Muhammad Fuzuliy Kulliyoti” kitobining taqdimoti, so‘ngra Fuzuliy tavalludining 530 yilligiga bag‘ishlanshag Fuzuliy va Alisher kompozitsiyasi namoyishi bo‘lib o‘tdi.

 

Kunning ikkinchi yarmida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Ozarbayjon adabiy burchagi ochilish marosimi tashkil etildi.

 

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.Nazarbekov va Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri A.Karimli o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

 

 

Uchrashuvda ikki tomonlama madaniy hamkorlik aloqalarining joriy holati, kelajakda amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalar va tkliflar muhokama qilindi.

 

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Ozarbayjon madaniyati kunlari” tadbirlarining tantanali ochilish marosimiga bag‘ishlangan konsert dasturi tashkil etildi. Konsert dasturida Ozarbayjonning tarixi va bugungi kunini o‘zida aks ettirgan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

 

 

Konsert dasturi avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ozarbayjon madaniyati kunlari” tadbirlarining ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatinin Prezident matbuot kotibi Sh.Asadov o‘qib eshittirdi.

 

“Ozarbayjon madaniyati kunlari” 14-iyunga qadar davom etadi. 12-iyun kuni O‘zbekiston Tasviriy sanʼat galereyasida “Ozarbayjon madaniyati” nomli ko‘rgazmaning ochilish marosimi, O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining o‘quv teatri binosida Ozarbayjon drama teatrining “Mana man” spektakli namoyishi, Alisher Navoiy nomidagi akademik davlat katta teatrida Ozarbayjon davlat opera teatri jamoasining “Arshin mal alan” spektakli namoyishi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 

 

Ertaga, 13-iyun kuni Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida “Ozarbayjon madaniyati kunlari” tadbirlarining yopilish marosimiga bag‘ishlangan konsert dasturi o‘tkazilishi rejalangan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda “Ozarbayjon madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda | Zamon.uz