Buxorolik erkak ishi yurishmagani sabab tanishini pichoqlab qo‘ydi
Sud hukmi bilan u 13 yil ozodlikdan mahrum qilindi.

Buxoroda 44 yoshli erkak tanishini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi.
Aniqlanishicha, Buxoro viloyati Kogon shahrida yashovchi erkak shaxsiy ishlari yurishmayotgani va turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlari buzilishiga go‘yoki tanishini aybdor deb hisoblab, kelgusida undan qasd olishni rejalashtirgan.
Joriy yilning 26 yanvar kunidan 27 yanvar kuniga o‘tar kechasi taxminan 02:30 atrofida erkak tanishining xonadoniga boradi va oshxona pichog‘i bilan jabrlanuvchining tanasiga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldiradi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorovulbozor tuman sudida ko‘rib chiqilgan jinoyat ishi nihoyasida ayblanuvchiga sud hukmi o‘qildi.
Unga ko‘ra, erkak JKning 97-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topildi va unga shu modda bilan 13 yil ozodlikdan mahrum qilindi.







