O'zbekiston

Haj ziyoratiga noqonuniy yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Bu haqida DXX xabar berdi.

Haj ziyoratiga noqonuniy yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda poytaxtning Chilonzor tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

 

Unda, 1966 va 1968 yillarda tug‘ilgan aka-uka o‘zaro til biriktirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 2 nafar fuqaroning Saudiya Arabistoniga Haj safariga borishlari uchun talab etiladigan viza hujjatlarini tayyorlab berish va ularni ziyoratga yuborish evaziga 12 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu noqonuniy ishga Toshkent shahridagi sayyohlik firmasining muqaddam firibgarlik jinoyatlari uchun 2 marotaba sudlangan ijrochi direktori aloqador ekanligi maʼlum bo‘ldi.

 

Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi sayyohlik firmasi xodimi mazkur tumanda istiqomat qiluvchi fuqaroni aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, uni va onasini joriy Haj mavsumida muborak safarga yuborish evaziga 15 ming AQSH dollari talab qiladi. Ammo, u so‘ralgan pul mablag‘idan 7 ming AQSH dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi. Shuningdek, u mazkur noqonuniy ishni sayyohlik firmasi rahbari bilan kelishgan holda amalga oshirganligi aniqlandi.

 

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida yashovchi shaxs ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarni 8700 AQSH dollari evaziga Haj ziyoratiga jo‘natishini aytib, Buvayda tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro va uning onasini hoji maqomini olishlari uchun Saudiya Arabistoniga yuborish evaziga 17 400 AQSH dollari talab qiladi. Lekin, u so‘ralgan pul mablag‘idan 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlandi.

 

Marg‘ilon shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasi rahbari esa Qo‘shtepa tumanida yashovchi fuqaroni haj amallarini bajarishi uchun Saudiya podshohligiga yuborish evaziga 14 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. 

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Haj ziyoratiga noqonuniy yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi | Zamon.uz