Navoiyda Amerikaga ishga yuboruvchi firibgar ushlandi
Hozirda unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro R.K. fuqaro L.K.ning ishonchiga kirib, uni 19 000 AQSH dollari evaziga Turkiya va Meksika davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga olib o‘tmoqchi bo‘lgan. Shuningdek, ushbu davlatda ishga joylashtirishini aytib, oldindan 6 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Samarqandda esa fuqaro U.E. 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Turkiya davlati orqali Shvetsiya davlatiga ishlash uchun yuborishini vaʼda qilib, jami 14 300 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







