O'zbekiston

OTMga kirish test sinovlari 14-28 iyul kunlari o‘tkaziladi

Abituriyentlar ijodiy imtihonda to‘plagan ballni o‘sha kunning o‘zida, testda to‘plagan ballni ertasiga bilishi mumkin bo‘ladi.

OTMga kirish test sinovlari 14-28 iyul kunlari o‘tkaziladi

Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi tashabbusi bilan navbatdagi “Hukumat soati” bo‘lib o‘tdi. 

 

Unda deputatlar “Oliy taʼlim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish tizimini yana-da takomillashtirish, shu jumladan, davlat oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish uchun imtihonlarni “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi masalani muhokama qildi. 

 

Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan deputatlarning savollariga O‘zbekiston oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov javob berdi. 

 

Maʼlum qilinishicha, 2024-2025 o‘quv yili uchun bakalavriatga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishning birinchi bosqichi joriy yil 5 iyun kunidan boshlandi va 25 iyungacha davom etadi. Buning uchun abituriyentlarga faqat test sinovlari o‘tkaziladigan yo‘nalishlarga test topshiradigan fanlar, taʼlim tili, test topshirish hududini tanlash, shuningdek, ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlarga esa bakalavriat taʼlim yo‘nalishi va ijodiy imtihon topshiriladigan oliygohni tanlash imkoniyati yaratildi. 

 

Ro‘yxatdan o‘tishning birinchi bosqichi yakunlangandan so‘ng, 1-25 iyul kunlari ijodiy imtihonlar, 14-28 iyul kunlari test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur tadbirlar bo‘yicha vazirlik, Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda oliygohlar tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

 

Xususan, abituriyentlar ijodiy imtihonda to‘plagan balini o‘sha kunning o‘zida, testda to‘plagan balini ertasiga bilishi mumkin bo‘ladi. Ijodiy imtihon va test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng, 15 kun davomida ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida abituriyentlar test ballaridan kelib chiqib, 5 tagacha oliygoh (yo‘nalish), taʼlim shaklini, tanlov ustuvorligini, ijodiy imtihon o‘tkazilgan yo‘nalishlar uchun esa qo‘shimcha ravishda tanlangan yo‘nalish bo‘yicha yana shuncha oliygohni tanlash huquqiga ega. 

 

Vazir pedagogika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun 2-kursdan boshlab haftalik o‘quv mashg‘ulotlarini “4+2” tartibida, jumladan darslarning 4 kuni oliy taʼlim muassasasida, 2 kuni maktabgacha, umumiy o‘rta va professional taʼlim muassasalarida amaliyot o‘tash shaklida olib borilishini taʼminlashga qaratilgan ishlar davom ettirilishini maʼlum qildi. 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

OTMga kirish test sinovlari 14-28 iyul kunlari o‘tkaziladi | Zamon.uz