O'zbekiston

Samarqandda inson huquqlari bo‘yicha to‘rtinchi forum boshlandi

Shavkat Mirziyoyev forum ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.

Samarqandda inson huquqlari bo‘yicha to‘rtinchi forum boshlandi

Quyida murojaat matni to‘liqligicha keltiriladi:

 

“Avvalambor, “Ekologik tahdidlar: o‘zgarayotgan dunyoda inson huquqlarining istiqboli va barqaror yechimlarni izlash” mavzusidagi inson huquqlari bo‘yicha to‘rtinchi anʼanaviy Samarqand forumining barcha ishtirokchilari va mehmonlarini samimiy qutlayman.

 

Yurtimizda ilk bor 2018 yilda o‘tkazilgan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi jahon amaliyotiga o‘ziga xos “Samarqand ruhi”ni olib kirdi desak, hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu tariqa inson huquqlari sohasidagi eng dolzarb muammolarga bag‘ishlangan Samarqand forumlarini o‘tkazish yaxshi anʼana tusini oldi.

 

Bugungi anjumanda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan tuzilmalari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Yevropa Ittifoqi, Islom hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash, Turkiy davlatlar Parlament Assambleyasi, shuningdek, taniqli xorijiy davlat va jamoat arboblari, inson huquqlari sohasidagi yetakchi ekspertlar ishtirok etayotgani ayniqsa ahamiyatlidir.

 

Hurmatli anjuman qatnashchilari! Yaxshi maʼlumki, global iqlim o‘zgarishi oqibatida sayyoramizda keskin ekologik vaziyat yuzaga keldi. Ichimlik suvi taqchilligi, atrof-muhit ifloslanishi, tuproq yemirilishi, kuchli chang va qum bo‘ronlari, bioxilma-xillikning yo‘qolishi, qishloq xo‘jaligi hosildorligining pasayishi kabi muammolar tobora avj olmoqda.

 

Barcha qitʼalarda va mamlakatlarda bu jarayonlarning salbiy taʼsiri yana-da kuchayib bormoqda. Ayniqsa, havo haroratining oshishi jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki barobar ko‘p bo‘lgan va Orol fojiasini boshidan kechirayotgan Markaziy Osiyo mintaqasida buning oqibatlari yaqqol sezilmoqda.

 

Ekologik inqiroz Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi eng asosiy to‘siq va tahdidga aylandi, global miqyosda qashshoqlik bilan bog‘liq muammolar ko‘paymoqda, insonning sog‘liq, toza suv, oziq-ovqat va uy-joyga bo‘lgan huquqlarini taʼminlash xavf ostida qolmoqda. Bundan avvalo, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam, xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar, ayollar va bolalar jiddiy aziyat chekmoqda.

 

Albatta, iqlim o‘zgarishi oqibatida inson huquqlariga yetkaziladigan zararni keskin kamaytirish uchun jahon mamlakatlari birgalikda samarali choralar ko‘rishi kerak. Kelajak avlodlar taqdiri uchun barchamiz ulkan masʼuliyatni o‘z zimmamizga oladigan vaqt keldi.

 

Parij bitimida taʼkidlanganidek, iqlim o‘zgarishiga qarshi choralar ko‘rilayotganida, davlatlar inson huquqlarini hurmat qilishi, rag‘batlantirishi va himoya qilishi, asosiy diqqat-eʼtiborini mazkur sohadagi majburiyatlarini bajarishga qaratishlari lozim.

 

Hurmatli mehmonlar! Yangi O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi muammolari bilan kurashish barqaror rivojlanishni taʼminlashning eng muhim omiliga aylandi. Biz imkon qadar bunday jarayonlarning oldini olish va ularning salbiy taʼsirini yumshatish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqdamiz.

 

Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyamizda insonning qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqi alohida bobda mustahkamlangan. Davlatning atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish majburiyatlari belgilab qo‘yilgan.

 

Shuningdek, Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish va tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, mamlakatimizda “yashil” iqtisodiyotga va uglerod neytralligiga o‘tish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

 

Jumladan, 2030 yilga borib mamlakatimiz energetika balansida qayta tiklanuvchi energiya quvvatini 40 foizga yetkazishni rejalashtirganmiz. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekistonda 1 milliard tup ko‘chat ekilmoqda. Orol dengizining qurigan tubida 2 million gektar maydonda o‘rmonzorlar barpo etdik.

 

Shuni alohida taʼkidlashni istardimki, bizning saʼy-harakatlarimizni jahon hamjamiyati keng qo‘llab-quvvatlamoqda. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan “Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish”, “Markaziy Osiyo ekologik muammolar qarshisida: barqaror rivojlanish va farovonlik yo‘lida mintaqaviy birdamlikni mustahkamlash” kabi muhim rezolyutsiyalar bir ovozdan qabul qilindi.

 

Hech shubhasiz, insoniyat to‘qnash kelayotgan iqlim bilan bog‘liq keskin muammolar oqibatlarini yumshatish inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

 

Shu bois, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish sharoitida inson huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi rezolyutsiyasini ishlab chiqish va ilgari surish bo‘yicha tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlaysizlar, deb ishonaman.

 

Siz, azizlar bugungi Forum davomida global miqyosda ekologik vaziyat barqarorligini saqlash, inson huquq va manfaatlariga xizmat qiladigan yangi amaliy takliflarni ishlab chiqasizlar, deb ishonaman.

 

Fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, Forum ishiga ulkan muvaffaqiyat tilab qolaman”.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandda inson huquqlari bo‘yicha to‘rtinchi forum boshlandi | Zamon.uz