Toshkentda uchta mashina avariyaga uchradi
Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.

Bugun, 13 iyun kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida uchta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Holat soat 01:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida sodir bo‘lgan. Unda 1997 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi Malibu-2, 1992 yilda tug‘ilgan A.Z. boshqaruvidagi Lacetti hamda 1991 yilda tug‘ilgan P.L. boshqaruvidagi LADA o‘zaro to‘qnashib ketgan.
YTH oqibatida Malibu-2 avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.







