O'zbekiston

MB 11 ta bankka jarima sanksiyasi qo‘lladi

Yana 3 ta bank bu bo‘yicha ogohlantirildi.

MB 11 ta bankka jarima sanksiyasi qo‘lladi

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi joriy yilning may oyidagi yig‘ilishlarida (7 marta) 47 ta masalani ko‘rib chiqdi va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qildi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

 

Ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida 36 ta, xususan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (2 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (2 ta), mikromoliya tashkilotlari faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritish (2 ta), mikromoliya tashkilotlariga berilgan litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish (13 ta), to‘lov tashkilotlariga berilgan litsenziyani chaqirib olish (2 ta), mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatiga olish (2 ta) hamda tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari, shuningdek, muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish (13 ta) bilan bog‘liq masalalar ko‘rildi.

 

Kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga doir 11 ta masala Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial meʼyorlari talablarining bajarilishi, banklar va mikromoliya tashkilotlarida o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari ham muhokama qilindi.

 

Tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar, yaʼni bank kafolatlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarning Kredit axborotining davlat reyestriga to‘liq yuborilishini taʼminlamaganligi hamda ochiq valyuta mavqei bo‘yicha o‘rnatilgan limitlarga amal qilmaganligi uchun 3 ta bank chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

 

Shuningdek, “PAYMENT AGGREGATION SYSTEMS” va “YURT PAY” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari taʼsischilari tomonidan tashkilotlar faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha qarorga kelingani sababli ularning litsenziyasini chaqirib olishto‘g‘risida qaror qabul qilindi hamda amaldagi qonunchilik va Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy meʼyorlar talablariga rioya qilinmaganligi va aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 11 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanildi.

 

1 ta mikromoliya tashkilotida o‘tkazilgan inspeksiya tekshiruvi natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun jamiyatning kreditlash operatsiyalarini amalga oshirish faoliyati uch oy muddatga cheklandi.

 

Bundan tashqari, Qo‘mita tomonidan bank tizimi barqarorligini saqlash, omonatchilar va investorlar huquqlarini himoya qilish tamoyilidan kelib chiqib, tijorat banklari boshqaruvlari va mikromoliya tashkilotlari rahbariyatlariga aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, ular bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish, o‘rnatilgan prudensial normativlarga amal qilish, bank faoliyatida mavjud zaifliklarni bartaraf etish va moliyaviy holatini sog‘lomlashtirishga qaratilgan talablarga rioya qilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

MB 11 ta bankka jarima sanksiyasi qo‘lladi | Zamon.uz