Qoraqalpog‘istonda to‘yida tartibsizlik uyushtirgan kuyov qamaldi
Unga va haydovchilarga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Avvalroq Qoraqalpog‘istonda to‘y kortejida $200 uchun poyga o‘ynagan 9 ta avtomobillar jarima maydonchasiga qo‘yilgani hamda ushbu avtomashinalar haydovchilariga nisbatan MJtKning 183-moddasiga asosan hujjatlar yig‘ib olinib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus sudiga yuborilgani haqida xabar berilgandi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus sudida tartibsizlikda qatnashgan barcha avtomashinalar haydovchilariga va kuyov bolaga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.







