Sadir Japarov O‘zbekistonga kelishi mumkin
Bu haqida Bishkekdagi forumda maʼlum qilindi.

Kecha, 13-iyun kuni Bishkekda Qirg‘iziston-O‘zbekiston biznes-forumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qirg‘iziston iqtisodiyot va savdo vaziri o‘rinbosari Sanjar Bolotov ushbu muhim tadbirda ishtirok etayotgani uchun barcha yig‘ilganlarga samimiy minnatdorlik bildirdi.
“Bugun biz Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash istiqbollari va imkoniyatlarini muhokama qildik. Sizning faolligingiz va hamkorlikni rivojlantirishga qiziqishingiz umumiy muvaffaqiyatimiz garovidir”, – dedi vazir o‘rinbosari.
Shuningdek, u yaqinda, 2-3 may kunlari ikki davlat bosh vazirlari raisligida hukumatlararo komissiyaning 11-majlisi bo‘lib o‘tganini eslatdi.







