Toshkent tumanida 267 mln so‘mlik suv o‘g‘irlandi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Toshkent tumanida 267,9 mln so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.E.” MCHJ rahbari N.I. MCHJga qarashli issiqxonani markazlashtirilgan kommunal suv taʼminoti tizimiga o‘zboshimchalik bilan ulab, 267,9 mln so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







