Ikkita oliygohga yangi rektorlar tayinlandi
Bu bo‘yicha Hukumatning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga asosan qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Akbaraliyev Baxtiyorjon Bakirovich – Andijon davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Yo‘ldoshev Akramjon Sultonmurodovich egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
B.Akbaraliyev tayinlovga qadar Fiskal institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlagan.
Neʼmatov Sherzod Qalandarovich – Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori lavozimiga tayinlandi.
Sh.Neʼmatov tayinlovga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.







