O'zbekiston

Koreya Prezidenti Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishdi

Yetakchilar madaniy merosni asrash borasida hamkorlikni rivojlantirish muhimligini qayd etdi.

Koreya Prezidenti Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishdi

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol mamlakatimizga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishdi.

 

Ko‘hna shaharda davlat rahbarlari rafiqalari bilan birga mamlakatimizning “tashrif qog‘ozi”, ajdodlarimiz bunyodkorlik salohiyatining go‘zal ifodasi – dunyoga mashhur Registon maydoniga tashrif buyurdilar. Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillaqori madrasalarining mahobati, o‘zi xos arxitekturasi hammada hayrat va havas uyg‘otadi.

 

Oliy martabali mehmonlar Registondagi har bir obida, milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalarini hayrat bilan tomosha qildi. Ularga madrasalarning qurilish tarixi, peshtoqlaridagi naqsh va ramzlarning mazmuni haqida so‘zlab berildi.

 

Amir Temur maqbarasi ziyorati chog‘ida mehmonlarga buyuk bobomizning davlatchilik siyosati, harbiy mahorati, turli mamlakatlar bilan diplomatik aloqalari haqida so‘zlab berildi. Sohibqiron bobomiz va temuriylar davlati o‘z davrining eng ulkan va rivojlangan mamlakati bo‘lgani mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

 

Shundan so‘ng Prezidentlar va ularning rafiqalari “Afrosiyob” muzeyiga tashrif buyurdilar.

 

Bu muzey Samarqand shahrining uch ming yillik tarixidan hikoya qiladi. Bu yerdagi noyob eksponat va devoriy suratlar butun dunyo sayyohlarini, shu jumladan koreyaliklarni o‘ziga jalb etib keladi.

 

VII asrga oid devoriy suratlardan birida Samarqand hukmdorining qadimgi Koreya – Koguryo elchilarini qabul qilish marosimi ham aks etgan. Bu xalqlarimiz o‘rtasidagi almashinuvlarning ko‘p asrlik tarixidan dalolat beradi.

 

Yaqinda koreyalik mutaxassislar ishtirokida muzeyni restavratsiya qilish ishlari yakunlangan bo‘lib, ular doirasida binoning ichki va tashqi qiyofasi mukammal qilib yangilandi.

 

Janubiy Koreya Prezidenti tarixiy ashyolarni hayrat va eʼtibor bilan tomosha qilar ekan, xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalari uzoq o‘tmishga borib taqalishini, bu do‘stlik va hamkorlik bundan keyin ham bardavom bo‘lishini taʼkidladi.

 

Yetakchilar madaniy merosni asrash borasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish muhimligini qayd etdilar.

 

So‘ng oliy martabali mehmonlar Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyi bo‘ldi.

 

Amir Temurning suyukli nabirasi bo‘lgan Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek buyuk astronom olim va hukmdor sifatida ilm-fan va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan. O‘rta asrlardayoq noyob rasadxona kashf qilib, osmon jismlarini juda aniq o‘rgangan. Uning “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asari dunyo astronomiyasida muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan.

 

Ekskursiyaning oxirgi manzili “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasi bo‘ldi. Bu yerda mehmonlarga xalqimizning betakror badiiy, hunarmandlik va musiqiy madaniyati namoyish etildi.

 

Davlat rahbarlarining Samarqanddagi uchrashuvi samimiy va do‘stona muhitda o‘tdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Koreya Prezidenti Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishdi | Zamon.uz