O'zbekiston

Bank sirini oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin

Bu bo‘yicha qonun loyihasi eʼlon qilindi.

Bank sirini oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin

Jismoniy va yuridik shaxslarning tijorat, bank, soliq yoki sug‘urta siri hisoblangan axborotni yoki boshqa shu kabi axborotni oshkor qilganlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlikni belgilovchi qonun loyihasi eʼlon qilindi.

 

Unga ko‘ra, kodeksning qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanishni nazarda tutuvchi 191-modda yangi tahrirda qabul qilinadi.

 

Yaʼni, qonun loyihasida mazkur modda “Tijorat, bank, soliq yoki sug‘urta siri hisoblangan axborotni noqonuniy to‘plash, undan foydalanish yoki oshkor qilish” deb nomlanmoqda.

 

Shuningdek, tijorat, bank, soliq yoki sug‘urta siri hisoblangan axborotni yoki boshqa shu kabi qonun bilan qo‘riqlanadigan axborotni egasi bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxsning yoxud vakolatli organning roziligisiz noqonuniy foydalanish yoki oshkor qilish maqsadida har qanday usulda olish, to‘plash yoxud oshkor qilish – BHMning yuz baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

 

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

 

b) shaxs tomonidan o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda;

 

v) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;

 

g) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, BHMning ikki yuz ellik baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoxud bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

 

a) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;

 

b) mansabdor shaxs tomonidan;

 

v) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bank sirini oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin | Zamon.uz