O'zbekiston

O‘zbekistonda anomal issiq qachon boshlanadi?

Bu bo‘yicha maʼlumot berildi.

O‘zbekistonda anomal issiq qachon boshlanadi?

O‘zbekistonda joriy yilning iyul va avgust oyi boshlarida g‘ayritabiiy (anomal) issiqlik davrlari kuzatilishi mumkin. Bu haqida Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti prognozida maʼlumot berildi.

 

Baʼzi kunlarda harorat uzoq muddatli o‘rtacha qiymatlardan sezilarli darajada ko‘tarilishi mumkin, ehtimol bu vaziyat mintaqada vujudga keluvchi termik depressiya jarayoni taʼsiri bilan uzviy bog‘liq.

 

Sharqiy zona (Farg‘ona vodiysi), Toshkent viloyati tog‘li hududlari hamda Surxondaryo viloyatida butun yoz davomida havo harorati ko‘p yillik iqlimiy meʼyor ko‘rsatkichlariga yaqin bo‘lishi mumkin.

 

Termik depressiya – bu yozgi sinoptik jarayon bo‘lib, Markaziy Osiyoning janubi-sharqida past bosimli hudud paydo bo‘lishi, quruq-jazirama issiq ob-havo bilan tavsiflanadi (bu davrda Markaziy Osiyo tekislik hududlarida havo harorati +44...+46 darajaga, baʼzi hollarda, +48 darajagacha yetishi mumkin).

 

Termik depressiyaning davomiyligi 2-3 sutkadan 5-7 sutkagacha, baʼzi yillarda esa 1,5–2 haftagacha davom etishi mumkin. So‘nggi paytlarda mazkur sinoptik jarayon kuzatilgan davrda mintaqa mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot tarmoqlari hamda energetik tizimda kuchli zo‘riqishlar kuzatilmoqda.

 

Iyun oyining birinchi va uchinchi dekadasi baʼzi kunlarida O‘zbekiston bo‘ylab biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Tekislik hududlarida yozning qolgan oylarida yog‘ingarchilik ehtimoli deyarli mavjud emas, respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida qisqa muddatli yog‘ingarchiliklar bo‘lish ehtimoli mavjud. Bu asosan kunning ikkinchi yarmida lokal xususiyatli ob-sharoiti bilan bog‘liq.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda anomal issiq qachon boshlanadi? | Zamon.uz