O'zbekiston

Jiyanlariga jinsiy zo‘ravonlik qilgan erkak ushlandi

U vasiylikka olgan qiz jiyanlariga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir qilgani taʼkidlanmoqda.

Jiyanlariga jinsiy zo‘ravonlik qilgan erkak ushlandi

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik qiz jiyanlarini vasiylikka olgan va ularga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilgan erkak ushlandi. Bu haqida Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi. 

 

Qayd qilinishicha, Bolalar ombudsmaniga 2000 yilda tug‘ilgan ayoldan murojaat kelib tushgan. U murojaatida ota-onasi vafot etgani, shundan keyin, 2006 yilda va 2012 yilda tug‘ilgan singillari Qozog‘istonda yashovchi amakisiga vasiylikka berilganini maʼlum qilgan. 

 

Ayolning aytishicha, amakisi singillariga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir qilgan. Shu sababli, amakisiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni hamda singillarini O‘zbekistonga qaytarib, o‘zini qonuniy vakil etib tayinlanishida amaliy yordam so‘ragan. 

 

Xabarga ko‘ra, ikki davlatning mutasaddi idoralari hamkorligida 8 iyun kuni erkak Qozog‘iston politsiyasi tomonidan ushlangan. Voyaga yetmagan qizlar Olmaota shahri adaptatsiya markaziga joylashtirilgan, ularga ijtimoiy-psixologik ko‘mak ko‘rsatilayotgani taʼkidlanmoqda. 

 

Xabarga ko‘ra, erkakka nisbatan Qozog‘iston Jinoyat kodeksi 121-moddasi (Jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlari) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

 

Maʼlum qilinishicha, Bolalar ombudsmani, IIV va TIV tomonidan voyaga yetmagan qizlarni O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda. 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.