Sirdaryoda 5 kishi mashina bilan birga suvga cho‘kib ketdi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Ijtimoiy tarmoqda Sirdaryoda Nexia-2 nosozligi sabab ko‘prikdan kanalga tushib ketgani aks etgan video tarqaldi.
Aniqlanishicha, 17 iyun kuni soat 13:00 larda Nexia-2 “Janubiy Mirzacho‘l” kanalidagi ko‘prik ustidan o‘tayotganda haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada avtomobil ko‘prik to‘sinlariga urilib, kanalga tushib ketgan. Oqibatda avtomashinada bo‘lgan haydovchi va 4 nafar yo‘lovchilar hodisa joyida cho‘kib ketishgan.
Sirdaryo viloyati Favqulodda qutqaruv guruhi g‘avvoslari tomonidan olib borilgan tezkor qutqaruv ishlari davomida “Janubiy Mirzacho‘l” kanalidan haydovchi va 3 nafar yo‘lovchilarning jasadlari hamda avtomashina topilib, suvdan olib chiqilgan.
Hozirda Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv guruhi g‘avvoslari tomonidan avtomashinada bo‘lgan 1 nafar yo‘lovchini qidirib topish choralari ko‘rilmoqda.







