Jizzaxlik erkak AQShga ketaman deb Afrikaga borib qoldi
U buning uchun salkam 15 ming dollar sarflagan.

Gap shundaki, fuqarolardan biri uni Amerikaga ishga yuborishni va‘da qilib, 14 ming 300 AQSH dollari olgan. Ammo pul bergan erkak Amerikaga emas, Janubiy Afrikaga jo‘natilgan.
Bu bo‘yicha erkakning otasi ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. U o‘z arizasida o‘g‘li Afrikada chorasiz qolib ketganligi, o‘z navbatida firibgar undan vaziyatni o‘nglash uchun yana 6 ming 700 AQSH dollari talab qilayotganligini bayon etgan.
Mazkur murojaat asosida tezkor tadbir o‘tkazilib, 6 ming 700 AQSH dollarini olgan erkak ushlandi. Hozirda Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.







