O'zbekiston

Nukusda profilaktika inspektori aqli noraso keksaning uyini o‘zlashtirib oldi

U, shuningdek, fuqaroning bank kartasidagi pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Nukusda profilaktika inspektori aqli noraso keksaning uyini o‘zlashtirib oldi

Maʼlumotlarga ko‘ra, profilaktika inspektori A.M. o‘ziga biriktirilgan mahallada istiqomat qiluvchi keksa yoshdagi O.Ye.ning yaqin qarindoshlari yo‘qligi va aqli norasoligidan foydalanib, uning mulklarini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan. Shu maqsadda go‘yoki E.O. jamoat joylarida yurish-turish qoidalarini buzib yurganligi to‘g‘risida 1-son ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasi rahbariga bildirishnoma yozib, majburan shifoxonaga joylashtirib, uni uyidan chiqarib yuborishga va ozodligini cheklashga erishgan.

 

So‘ngra u O.Ye.ga qarashli turarjoyga egalik huquqini tasdiqlovchi orderni soxtalashtirish orqali kadastr idorasi xodimi Ch.S. ko‘magida qalbaki kadastr hujjatlarini tayyorlab, turarjoyni o‘zining nomiga rasmiylashtirishgan.

 

Profilaktika inspektori A.M. jinoyatlarini yashirish maqsadida turarjoyni turmush o‘rtog‘i O.D.ga hadya shartnomasi orqali qayta rasmiylashtirib, E.O.ning juda ko‘p miqdordagi mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilgan.

 

Shuningdek, profilaktika inspektori jabrlanuvchi E.O.ning ojizligidan foydalangan holda qo‘lga kiritgan bank plastik kartasidagi pul mablag‘larini o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

 

Bundan tashqari, u O.Ye.ning bankdagi omonat hisob-raqamida saqlanayotgan juda ko‘p miqdordagi pullarini bank xodimlarini go‘yoki egasiga berish uchun olayotganligiga ishontirib, qo‘lga kiritishga erishgan.

 

A.M. yuqoridagi jinoiy harakatlari natijasida qo‘lga kiritgan E.O.ning juda ko‘p miqdordagi omonat pullariga opasining nomiga “Lacetti” rusumli avtomashina xarid qilib, jinoiy daromadlarini legallashtirgan.

 

Tergov natijasiga ko‘ra, profilaktika inspektori A.M.ga JKning 206-moddasi 2-qismi “a” bandi, 228-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari, 228-moddasi 3-qismi, 169-moddasi 4-qismi “a” bandi, 243-moddalari hamda kadastr idorasi xodimi Ch.S.ga JKning 228-moddasi 2-qismi “a” bandi, 228-moddasi 3-qismi va 28,169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayb eʼlon qilinib, jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan.

 

Biroq, Nukus shahar sudi sudyasi hukmiga asosan tergov organi tomonidan A.M.ga JKning 169, 228, 243-moddalari bilan qo‘yilgan ayblovlarni asossiz ravishda olib tashlanib, JKning 206-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilgan va 2 yil muddatga muayyan huquqdan mahrum qilgan holda 2 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlagan.

 

Xuddi shunday, kadastr idorasi xodimi Ch.S.ning ayblovidan JKning 228-moddasi 3-qismi va 28,169-moddasi 4-qismi “a” bandi olib tashlanib, JKning 228-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilgan.

 

Bundan tashqari, sud hukmi bilan tergovda jabrlanuvchi O.Ye.ning soxta hujjatlar asosida begonalashtirilgan turarjoyi talon-toroj etilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash maqsadida undirilgan 180 mln 50,7 ming so‘m pullarni sudlanuvchiga qaytarib berish belgilangan.  

 

Prokuratura organlari tomonidan apellyatsiya muddatida ish hujjatlari o‘rganilib, mazkur sud hukmi ro‘yi-rost asossiz, adolatsiz va noqonuniy deb topilib, sud qarorini bekor qilish haqida protest keltirilgan.

 

“Ish apellyatsiya instansiyada ko‘rilishida, malakali prokuror ishtiroki taʼminlanadi”, - deyiladi xabarda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Nukusda profilaktika inspektori aqli noraso keksaning uyini o‘zlashtirib oldi | Zamon.uz