O‘zbekistonning Koreyadagi elchisi vafot etdi
Bu haqida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vitaliy Vasilevich Fen vafot etgan.
Vitaliy Vasilevich Fen "Fidokorona xizmatlari uchun" va "Mehnat shuhrati", shuningdek, Janubiy Koreyaning" Gvangxva" ordenlari bilan taqdirlangan.
U 25-yil davomida O‘zbekistonning Seuldagi diplomatik vakolatxonasini boshqargan.







