O'zbekiston

Prezidentga tuman va shaharlarning master rejalari yuzasidan axborot berildi

Master-rejalar asosida 40 mingta ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.

Prezidentga tuman va shaharlarning master rejalari yuzasidan axborot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tuman va shaharlarning master rejalarini ishlab chiqishga oid taqdimot bilan tanishdi.

 

Bu haqda joriy yil 16-yanvarda bo‘lib o‘tgan iqtisodiyotdagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida topshiriq berilgan edi. Mutasaddilar shu borada qilingan dastlabki ishlar, master rejalardan kutilayotgan natijalar to‘g‘risida axborot berdi.

 

O‘tgan vaqtda 14 ta tuman va shahar bo‘yicha master reja ishlab chiqilgan. Ularda 759 ta ko‘p qavatli uy-joy, 22 ta savdo majmuasi, 800 dan ziyod xizmat ko‘rsatish obyekti barpo qilish imkoniyati aniqlangan.

 

Shu tarzda 112 ta tuman va shahardagi drayver yo‘nalishlar asosida yana 136 ta master reja tayyorlanishi ko‘zda tutilgan.

 

Masalan, aholisi tez o‘sayotgan 38 ta tuman markazlari va shaharlarda yetarli uy-joylar qurish, aholi sayr qilishi va dam olishi uchun qulay maskanlar va istirohat bog‘lari barpo etish zarur.

 

Turistik salohiyati yuqori 20 ta tumanda mehmonxonalarni ko‘paytirish, plyaj, ekologik, tibbiyot, sport va ekstremal turizmni rivojlantirish orqali sayyohlar oqimini 2,5 karra oshirish imkoniyati bor.

 

Hududidan magistral yo‘llar o‘tgan 68 ta tumanda 400 dan ziyod motel, kemping, oshxona, do‘kon va avtoservislar tashkil etish mumkin.

 

Umuman, master-rejalar asosida bo‘ladigan loyihalar hisobiga  40 mingta ish o‘rni yaratilishi, byudjetga yiliga qo‘shimcha 350 milliard so‘m daromad tushishi kutilmoqda.

 

Davlat rahbari aholi uchun qulay infratuzilma, savdo va ko‘ngilochar joylar, yuqori daromadli ish o‘rinlari tashkil qilishni hozirdan boshlash lozimligini taʼkidladi.

 

Master rejalar ishlab chiqilishi va monitoringi bo‘yicha vertikal tizim yaratish vazifasi qo‘yildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezidentga tuman va shaharlarning master rejalari yuzasidan axborot berildi | Zamon.uz