O'zbekiston

Chet tili sertifikatlari natijasi eʼlon qilindi

Sertifikat elektron tizimda to‘g‘ridan to‘g‘ri aks etadi.

Chet tili sertifikatlari natijasi eʼlon qilindi

2024 yil 11 maydan 12 iyunga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari eʼlon qilindi.

 

Talabgorlar my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

 

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tganlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

 

Eslatib o‘tamiz, o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellyatsiya shikoyati berishlari mumkin.

 

Shuningdek, chet tilidan tegishli daraja (B2 va undan yuqori daraja)dagi milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlardan oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishda sertifikatni yuklash talab etilmaydi.

 

Sertifikat haqidagi maʼlumotlar tizimda to‘g‘ridan to‘g‘ri aks etadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Chet tili sertifikatlari natijasi eʼlon qilindi | Zamon.uz