Meksikada 155 kishi issiqdan vafot etdi
Yaqin kunlarda mamlakatda haddan tashqari yuqori harorat kuzatiladi.

Joriy yil mart oyidan beri Meksikada jazirama issiq tufayli 155 kishi vafot etdi. Bu haqida sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan eʼlon qilingan haftalik hisobotda maʼlum qilindi.
Meksika ko‘rfazi sohilidagi Verakrus shtati o‘limlar soni bo‘yicha yetakchilar qatoridan joy olishda davom etmoqda. Bu yerda 56 kishi halok bo‘ldi. O‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha undan keyingi o‘rinda Tabasko shtati bormoqda. U yerda 18 kishi hayotdan ko‘z yumdi.
SSV yaqin kunlarda mamlakatda haddan tashqari yuqori harorat to‘lqini davom etishini bashorat qilmoqda.







